» » Braziliyada yonib ketgan bino ichida qolgan kishilar taqdiri noma’lumligicha qolmoqda

Braziliyada yonib ketgan bino ichida qolgan kishilar taqdiri noma’lumligicha qolmoqda


San-Pauluda yonib ketgan ko‘p qavatli bino ichida qolgan 34 kishining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda. Ularning yong’in paytida bino ichida bo‘lmaganligi ehtimoli ham yo‘q emas. Bu haqda Globo telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Shahar hokimiyati va qutqaruv xizmatlari yo‘qolgan odamlarni qidirmoqda. Bir necha soat oldin ularning soni 45 ta edi, keyinroq 11 kishi o‘zining qayerda ekanini hokimiyatga ma’lum qildi.

Binoda jami nechi kishi yashaganini aniqlash politsiya uchun oson bo‘lmadi. Negaki bino dastlab Braziliya federal politsiyasiga qarashli bo‘lgan, biroq keyinchalik ko‘p yillar davomida tashlandiq holatda qolgan. Binoga o‘zboshimchalik bilan odamlar ko‘chib kelgan – bu holat Braziliya uchun yangilik emas.

Yong’in qurbonlarining soni borasida hukumat hozircha faqat taxminiy xulosalarni bildirmoqda. Yaqinda binodan odamlarni ko‘chirish maqsadida o‘tkazilgan xatlov natijalari taxminlarga asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, San-Pauludagi ko‘p qavatli binoda 1-may, seshanba kuni yong’in sodir bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют