» » Toshkent xalqaro aeroportida ikki xorijiy fuqaroga sayyor tarzda viza rasmiylashtirildi

Toshkent xalqaro aeroportida ikki xorijiy fuqaroga sayyor tarzda viza rasmiylashtirildi


O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining konsullik byurosi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekistonga vizasiz uchib kelgan ikki nafar xorijiy fuqaroga sayyor viza rasmiylashtirdi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

1-may kuni uchib kelgan Avstraliya fuqarosi Mariya Kristian Volf va Buyuk Britaniya fuqarosi Jerald Seymurning yonida na qabul qiluvchi tarafning taklifnomasi, na viza bor edi.

“Mazkur mamlakat fuqarolari uchun soddalashtirilgan viza tartibi joriy etilgan. Ularga ikki ish kuni mobaynida viza beriladi”, — deydi TIV konsullik byurosi xodimi.

O‘zbekistonda vakolatxonasi bo‘lmagan davlatlar fuqarolariga ular Toshkentga kelganidan so‘ng qabul qiluvchi tarafning taklifnomasi ko‘rsatilganidan so‘ng viza beriladi.

TIV konsullik byurosi xodimlari xorijlik fuqarolar bilan suhbatlashib, ular tushunmovchilik sabab vizasiz uchib kelganini aniqladi hamda ularga 15 kunlik vizani taqdim etdi.

“Bunday holatlar aeroportda yuz beradi. Yil boshidan buyon biz O‘zbekistonga viza yoki taklifnomasiz uchib kelgan 15 nafar xorijiy fuqaroga viza rasmiylashtirdik”, — deydi TIV konsullik byurosi xodimi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют