» » “O‘zstandart” agentligi mobil laboratoriyalarni ishga tushirdi

“O‘zstandart” agentligi mobil laboratoriyalarni ishga tushirdi


“O‘zstandart” agentligining “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi, uning hududiy markazlari hamda “O‘zbekiston Milliy Metrologiya Instituti” davlat korxonasi tomonidan olis hududlarda joylashgan aholi va tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida 40 ta metrologik xizmat ko‘rsatish shoxobchasining ishi yo‘lga qo‘yilgan. Bu haqda agentlikning saytida xabar berildi.

Ishga tushirilgan shoxobchalarning ish samaradorligini hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va tezkorligini yanada oshirish maqsadida 21 ta Damas avtomobili xarid qilindi.

Ushbu xarid qilingan avtomobillarda mobil laboratoriyalar tashkil qilish orqali olis hududlarda joylashgan aholi va tadbirkorlarga hududning o‘zida sifatli metrologik xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2018, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют