» » Ohangaronda paypoq ishlab chiqaruvchi chet el korxonasi ish boshladi

Ohangaronda paypoq ishlab chiqaruvchi chet el korxonasi ish boshladi


Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida “Limaks gold tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi chet el korxonasi ish boshladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat, shahar hokimligi mas’ullari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda korxona ishchi-xodimlari ishtirok etdi.

Loyiha to‘liq ishga tushirilishi uchun xitoylik sarmoyadorlar tomonidan 3 million dollarlik investitsiya kiritildi. Korxonada kuniga 30 ming juft paypoq ishlab chiqariladi. Mahsulotning 70–80 foizi eksport qilinadi.

Ohangaron shahrining 2018-yilgi eksport rejasi 415 ming dollarni tashkil etadi. Joriy yilning birinchi choragida 134,7 ming dollarga teng sanoat mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. Bugungi kunda shaharda yengil sanoat yo‘nalishi bo‘yicha 7 korxona eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarmoqda.

Shahar hokimligi tomonidan joriy yilda yana 13 loyihani amalga oshirish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Shundan 11 tasi aynan yengil sanoat yo‘nalishida bo‘lib, ularning ishga tushirilishi natijasida yana mingdan ortiq ish o‘rni yaratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют