» » Samvel Babayan milliy termaning Turkiyaga boradigan tarkibini e’lon qildi. Va nihoyat yangi nomlar ham bor

Samvel Babayan milliy termaning Turkiyaga boradigan tarkibini e’lon qildi. Va nihoyat yangi nomlar ham bor


O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Turkiya yig‘inida ishtirok etadigan futbolchilar nomiga oydinlik kiritdi. Tayyorgarlik rejasi FIFA kunlaridan boshqa sanalarga to‘g‘ri kelgani uchun Babayan legioner futbolchilar xizmatidan foydalana olmaydi.

8—12-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan yig‘inga uzoq tanaffusdan keyin “Lokomotiv” yarim himoyachisi Ikrom Aliboyev ham chaqirilgan. U so‘nggi bor Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligi vaqtida bosh jamoaga taklif etilgandi.

Samvel Babayan Aliboyevni Rio—2016 uchun kurash olib borishi kerak bo‘lgan tarkibga kiritgan bo‘lsa-da, Qatarda bo‘lib o‘tgan musobaqada yetarli darajada imkoniyat bermagandi. Oradan bir yil o‘tib mutaxassis Aliboyevga yana og‘iz soldi.

Bosh murabbiy, shuningdek, “Bunyodkor” himoyachilari Rustam Ashurmatov hamda Akrom Komilov, “Lokomotiv” himoyachisi Bobur Yo‘ldoshev, “Nasaf”ning Osiyo Chempionlar ligasi o‘yinida o‘zini ko‘rsatgan 19 yoshli Aziz G‘aniyev kabi futbolchilarni ham Turkiyaga taklif qilgan. “Obod”ning “Paxtakor”ga o‘tishi mumkinligi xabar qilingan hujumchisi Shohruz Norxonov ham e’tibordan chetda qolib ketmagan.

Darvozabonlar
Ignatiy Nesterov — “Lokomotiv”
Eldor Suyunov — “Nasaf”
Aleksandr Lobanov — “Paxtakor”

Himoyachilar
Bobur Yo‘ldoshev — “Lokomotiv”
Islom To‘xtaxo‘jayev — “Lokomotiv”
Akram Komilov — “Bunyodkor”
Rustam Ashurmatov — “Bunyodkor”
Odil Hamrobekov — “Nasaf”
Azim Ahmedov — “Paxtakor”
Vladimir Kozak — “Paxtakor”
Davron Hoshimov — “Paxtakor”
Stanislav Andreyev — “Paxtakor”

Yarim himoyachilar
Jaloliddin Masharipov — “Lokomotiv”
Marat Bikmayev — “Lokomotiv”
Ikrom Aliboyev — “Lokomotiv”
Salamat Quttiboyev — “Lokomotiv”
Doston Hamdamov — “Bunyodkor”
Otabek Shukurov — “Bunyodkor”
Eldor Shomurodov — “Bunyodkor”
Aziz G‘aniyev — “Nasaf”
Javohir Sohibov — “Paxtakor”
Jamshid Iskanderov — “Paxtakor”

Hujumchilar
Igor Sergeyev — “Paxtakor”
Shohruz Norxonov — “Obod”.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Turkiyada o‘zga davlat termasiga qarshi o‘ynay olmaydi. Bu boradagi yagona raqib Armaniston mamlakatdagi beqaror vaziyat sabab o‘z yig‘inini Turkiyada olib bormaslikka qaror qilgan.

Shu boisdan Samvel Babayan jamoasi Rossiya va Armaniston chempionatlarida ishtirok etadigan klublarga qarshi saf tortadi. 10-fevral kuni Rossiya Premyer-ligasi vakili “Amkar”, 11-fevralda esa Armanistonning “Alashkert” jamoasi o‘zbekistonliklarga raqib bo‘ladi.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют