» » Toshkentda “Shum bola – 2018” kino festivali boshlandi

Toshkentda “Shum bola – 2018” kino festivali boshlandi


Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli Kino saroyida “Shum bola – 2018” bolalar va o‘smirlar uchun o‘zbek va nemis kinolari festivali boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“O‘zbekkino” milliy agentligi, Toshkentdagi Gyote instituti, Germaniyaning “Shlingel” bolalar va o‘smirlar uchun filmlar xalqaro festivali direksiyasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur festival O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi uzoq yillik madaniy-ma’rifiy hamkorlikning amaliy ifodasidir.

Bu yil mamlakatda beshinchi bor o‘tkazilayotgan festivalda dunyoning turli mamlakatlari kinoijodkorlari tomonidan bolalar va o‘smirlar uchun ishlangan kinolarning eng saralari taqdim etilmoqda. 2–6-may kunlari bo‘lib o‘tadigan “Shum bola – 2018” festivaliga umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari, pedagoglar, ota-onalar taklif etilgan. Unda bolalar hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan turli yo‘nalish va janrdagi filmlar namoyish etilmoqda.

Festival germaniyalik kinoijodkorlarning “Qalbimni tosh qil” badiiy filmi namoyishi bilan boshlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2018, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют