» » Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi tergovchilarni qarorgoh hududiga kiritmadi

Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi tergovchilarni qarorgoh hududiga kiritmadi


Koreya Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Xvan Gyo An tergovchilarning davlat rahbari qarorgohi — Moviy uy hududida tintuv o‘tkazishda ularga ko‘mak ko‘rsatish iltimosini rad etdi, deb yozadi “TASS” davlat rahbari ma’muriyati vakiliga tayanib.

Ushbu tergov harakatlari mamlakatning vaqtinchalik hokimiyatdan chetlatilgan prezidenti Pak Kin Xe atrofidagi korrupsiya haqidagi ish bo‘yicha navbatdagi rejalarni ishlab chiqish uchun zarur. O‘tgan hafta tergovchilar sudning tegishli orderi bilan Moviy uy hududiga kirishga urindi, biroq u yerga soqchilar tomonidan kiritilmadi. O‘shanda obyektning alohida maqomga ega ekanligini sabab qilib ko‘rsatishgan edi.

“Bizning pozitsiyamiz shundan iboratki, Moviy uyga kirish huquqi haqidagi qarorni prezident vazifasini bajaruvchi emas, balki ma’muriyat rahbari va xavfsizlik xizmati boshlig‘i qabul qiladi”, — dedi davlat rahbari ma’muriyati vakili.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 45) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют