» » YeChL. “Liverpul” “Roma”ga yutqazdi, ammo finalga chiqdi (video)

YeChL. “Liverpul” “Roma”ga yutqazdi, ammo finalga chiqdi (video)


1-may sanasida Zinedin Zidan boshchiligidagi “Real” Myunxenning “Bavariya”sini ikki o‘yin natijasiga ko‘ra mag‘lub etib, Yevropa Chempionlar Ligasi finaliga yo‘l oldi.

2-may sanasida esa finalning ikkinchi ishtirokchisi nomi Rimda ma’lum bo‘ldi. Dastlabki o‘yinda mehmonda 2:5 hisobida Muhammad Saloh boschiligidagi “Liverpul”ga imkoniyatni boy bergan Rimning “Roma”si chorak finalda “Barselona”ga qarshi amalga oshirgan kambekni “mersisaydliklar” bilan javob o‘yinida qayatirshga harakat qilib ko‘rdi. Ammo rimliklar buning uchun bitta gol yetmadi.

“Roma” “Liverpul”ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Biroq qo‘shimcha bo‘limlar tayin etilishi uchun ularga bitta gol kamlik qildi. “Liverpul” esa amaldagi mavsum Chempionlar Ligasidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilganiga qaramay, finalga yo‘l oldi.

Finalda esa ularni “Real Madrid” kutib turibdi. ?Final o‘yini 26-may kuni Kiyevdagi “Olimpiyskiy” stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Yevropa Chempionlar Ligasi

Yarim final javob uchrashuvi

2-may, seshanba

Gollar: 0:1 – 9 Mane, 1:1 – 15, avtogol Milner, 1:2 – 25 Veynaldum, 2:2 – 52 Jeko, 3:2 – 86 Nainggolan, 4:2 – 90, penalti Nainggolan.

“Roma”: Alisson, Fasio, Manolas, Kolarov, Pellegrini (Under, 53), Florensi, Nainggolan, de Rossi (Gonalon, 69), El-Shaaravi (Antonuchchi, 75), Shik, Jeko.

“Liverpul”: Karius, Lovren, Robertson, Aleksander-Arnold (Klayn, 90), van Deyk, Firmino (Solanke, 87), Veynaldum, Saloh, Milner, Mane (Klavan, 83), Xenderson.

Ogohlantirishlar: Lovren (44), Florensi (77), Manolas (84), Robertson (84), Solanke (90).

Birinchi uchrashuv 2:5



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2018, 02:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют