» » Shahzoda: “Rayhon bilan do‘stligimizni endi qaytarib bo‘lmaydi”

Shahzoda: “Rayhon bilan do‘stligimizni endi qaytarib bo‘lmaydi”


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva o‘z intervyularidan birida hamkasbi, sobiq dugonasi Shahzoda bilan duet kuylashi mumkinligini aytib o‘tgan edi, deb yozadi “Darakchi.uz”. Gap shundaki, Rayhonning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bir qiz murojaat qilib, u og‘ir dardga chalinganini va uning eng katta orzusi Rayhon va Shahzoda ijrosidagi duetni tinglash ekanligini aytgan. Shuning uchun ham Rayhon agar haqiqatan ham shunday qiz bo‘lsa, Rayhon uning orzusini amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirgan edi.

Shahzoda jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda “Rayhon bilan duet kuylash niyatingiz bormi?” degan savolga qat’iy “yo‘q” deya javob berdi.

Rayhon bilan qachonlardir do‘st bo‘lgani va bu do‘stlikka nima uchun putur yetgani haqida Shahzoda shunday deydi:

“O‘rtamizda gina-kuduratlar bo‘lgan. Hozir buni eslashni xohlamayman. Hammasi o‘tib ketdi. Afsuski, do‘stligimizni endi qaytarib bo‘lmaydi. Biz ikkalamiz ham yetarli darajada yetuk insonlarmiz. Hozirda hayotimda men behad yaxshi ko‘radigan va hurmat qiladigan, mehribon va oqko‘ngil do‘stlarim bor. Afsuski, hayotda shunday bo‘lib turadi”.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 11:44)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют