» » O‘zbekiston elchisi: Qozog‘iston va O‘zbekiston butun dunyoga hamkorlikda ishlash qanaqa bo‘lishini ko‘rsatib qo‘yadi

O‘zbekiston elchisi: Qozog‘iston va O‘zbekiston butun dunyoga hamkorlikda ishlash qanaqa bo‘lishini ko‘rsatib qo‘yadi


O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning beshta ijtimoiy tashabbusini tarixiy va inqilobiy deb atadi. Bu haqda “Kazinform” xabar bermoqda.

Qozog‘istonda olib borilayotgan islohotlar va davlat rahbari tashabbuslari haqida elchi mamlakat davlat kotibi Gulsharoy Abdikalikova bilan Oqo‘rdada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda to‘xtalib o‘tdi. Saidikrom Niyozxo‘jayev qo‘shimcha qilishicha, jahon iqtisodiyotidagi qiyinchiliklarga qaramay, Qozog‘iston xalq farovonligini yaxshilashga kirishgan.

Diplomat yagona dastur orqali Qozog‘istonning yanada rivojlantirilishi butun mintaqa taraqqiyotiga ta’sir qilishini ta’kidladi.

“Albatta, Qozog‘istonning rivojlanishi, Qozog‘iston xalqining jipsligi butun Markaziy Osiyo mintaqasi taraqqiyotiga bevosita ta’sir qiladi. O‘tgan yili Qozog‘iston prezidentining tashabbusi bilan 2018-yil Qozog‘istonda O‘zbekiston yili deb e’lon qilingan edi, 2019-yil esa, tabiiyki, O‘zbekistonda Qozog‘iston yili bo‘ladi. O‘zbekiston ham, Qozog‘iston ham Markaziy Osiyo iqtisodiyoti lokomotivlari hisoblanadi. Bizning birlashuvimiz, ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, Markaziy Osiyo iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha hamkorligimiz iqtisodiyotlarimizni bir necha yil oldinga olib chiqadi, shu tariqa, biz butun dunyoga hamkorlikda ishlash qanaqa bo‘lishini ko‘rsatib qo‘yamiz”, — deya xulosa qildi Saidikrom Niyozxo‘jayev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют