» » O‘zbekistonlik avtomobilsozlar Rossiyaning eng yirik avtomobil kompaniyasiga ehtiyot qismlar yetkazib beradi

O‘zbekistonlik avtomobilsozlar Rossiyaning eng yirik avtomobil kompaniyasiga ehtiyot qismlar yetkazib beradi


Rossiya va Sharqiy Yevropadagi eng yirik yengil avtomobil ishlab chiqaruvchisi hisoblangan “AvtoVAZ” kompaniyasining eng ommabop avtomobillari yoritish tizimlari endilikda O‘zbekistonda ishlab chiqariladi.

Joriy yilning iyul oyidan boshlab Namangan shahridagi “UZCHASYS” qo‘shma korxonasida Rossiyaning “AvtoVAZ” avtomobil kompaniyasi avtomobillari uchun yoritish tizimlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Jumladan, “Lada Granta FL” avtomobilining old yoritish chirog‘i, “Lada Vesta SW/SW Cross”ning nomer yoritish chirog‘i, shuningdek, “Lada 2190”, “Lada 2191”, “Lada 8450”, “Lada 1117” va “Lada 1119” avtomobillarining qariyb o‘n xildagi yoritish chiroqlari ishlab chiqarilib, “AvtoVAZ” korxonalariga yetkazib beriladi.

“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda “O‘zsanoatqurilishbank”ning xorijiy hamkor banklari mablag‘larini jalb qilgan holda amalga oshirilayotgan mazkur loyiha doirasida “UZCHASYS” qo‘shma korxonasiga NEOLITE ZKW Lightings Pvt Ltd (Hindiston) va Genter Service GmbH (Germaniya) texnologiyalari o‘rnatiladi. 35 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Ahamiyatlisi, yangi loyiha doirasida ishlab chiqariladigan yuqori qiymatga ega tayyor mahsulotlar to‘liq eksport qilinib, O‘zbekiston avtomobil sanoatining xalqaro bozordagi mavqeyini yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 75) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют