» » Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida Pamela Spratlen bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida Pamela Spratlen bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat mobaynida O‘zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, O‘zbekiston—Amerika munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Pamela Spratlen O‘zbekiston rahbariyatining mamlakatda amalga oshirayotgan islohotlarini va pragmatik, faol tashqi siyosatni amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. Ikki davlat munosabatlariga oid masalalarga to‘xtalar ekan, diplomat AQShning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlashdan, uning iqtisodiyotini, ishbilarmonlik muhitini va xalqaro obro‘yini yaxshilashdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Amerika elchisi O‘zbekistonning Afg‘oniston iqtisodiyotini rivojlantirish va uning infratuzilmalarini tiklashga qo‘shayotgan hissasini yuqori baholadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют