» » Farg‘onada yiliga 10 million dona dori vositalari tayyorlash imkoniyatiga ega farmatsevtika korxonasi ish boshladi

Farg‘onada yiliga 10 million dona dori vositalari tayyorlash imkoniyatiga ega farmatsevtika korxonasi ish boshladi


Farg‘ona shahrida “Ferghana invicta pharm” dori vositalari ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi. Farg‘ona shahridagi 5 ta yirik loyihalardan biri sifatida e’tirof etilgan korxona aholini arzon va sifatli dori mahsulotlari bilan ta’minlaydi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Loyihaga ko‘ra, yangi korxona yiliga 10 million dona mahsulot uchun mo‘ljallangan xomashyoni qayta ishlash va tayyorlash imkoniyatiga ega. Yillik ishlab chiqarish hajmi 4,5 milliard so‘mni tashkil etadi. Loyihaga jami 1 milliard 450 million so‘m mablag‘ sarflangan bo‘lib, uning 450 million so‘mi “Asaka bank” tomonidan ajratilgan.

“Korxona to‘liq hajmda ish boshlagach, mahsulotlarning 50 foizini qo‘shni Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston va Rossiya davlatlariga eksport qilish rejalashtirilgan. 30 ta yangi ish o‘rni yaratilib, tibbiyot kollejlarining farmatsevtika yo‘nalishi bitiruvchilari bandligi ta’minlandi. Hozircha 5 xil mahsulotlar ishlab chiqarilayotgan korxonamizda dorilarning hajmi va turlari bosqichma-bosqich ko‘paytirib boriladi,” – deydi korxona rahbari Shuhratjon Mahmudov.

2019—2020-yillarda mazkur korxonada yana 100 nafar ishchi “Farg‘onada ishlab chiqarilgan” tamg‘asi ostidagi dorilarni tayyorlashga o‘z hissalarini qo‘shadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют