» » Sobir Rahimov haykali yana eski joyiga ko‘chiriladigan bo‘ldi

Sobir Rahimov haykali yana eski joyiga ko‘chiriladigan bo‘ldi


2011-yilning qishida G‘ofur G‘ulom bog‘iga ko‘chirib o‘tkazilgan general Sobir Rahimovning Toshkentdagi haykali yana o‘z joyiga qaytariladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni Norin tumanida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, haykalning joyiga qaytarilishi tarixiy adolatning qayta tiklanishi bo‘ladi.

Mazkur haykal (1981-yilda ochilgan) bunga qadar Sobir Rahimov hokimiyati binosi qarshisida joylashgan edi. 2010-yil oxirida tuman Olmazor nomi o‘zgartirilgan. Shuningdek, “Sobir Rahimov” metro bekati ham “Olmazor” deya nomlangan..

Sobir Rahimov 1902-yilda Toshkentda tug‘ilgan. Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan va 1941—1945-yillar davomida bir necha bor jarohat olgan. 1944-yilning noyabrida ikkinchi Belorus frontining 65-armiyasiga qarashli 37-sonli o‘qchilar diviziyasi komandiri etib tayinlangan. 1945-yili urushda halok bo‘lgan. Uning jasadi Toshkentda dafn etilgan. 1965-yilning 6-mayida unga (vaofitdan so‘ng) Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 26-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi davomida Shavkat Mirziyoyev hozirgi kunda “Istiqlol” deb ataladigan sobiq Xalqlar do‘stligi saroyiga uning eski nomi qaytarishni, shuningdek, san’at saroyi qarshisiga Shomahmudovlar oilasi haykalini qayta o‘rnatishni taklif qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют