» » Abramovich Shveysariyada sud qilindi

Abramovich Shveysariyada sud qilindi


Rossiyalik biznesmen Roman Abramovich Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan qarzdorlik ishi bo‘yicha Shveysariyada sud qilindi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.

Agentlikning ma’lum qilishicha, qarz summasi foizlar va chiqimlar tufayli 46 million dollargacha o‘sgan. Bank dastlab Abramovichdan 17,5 million dollar undirishni talab qilgan.

YeTTB Runicom SA kompaniyasiga qarshi da’vo kiritgan. Bank 2015-yil boshida Roman Abramovich va Yevgeniy Shvidler kompaniyaning direktorlari bo‘lgan deb hisoblamoqda. Da’vo summasi bank kompaniyaga bergan kredit va penyalarni o‘z ichiga oladi. Runicom vakillarining so‘zlariga qaraganda, qarzdorlik 1998-yildayoq to‘langan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют