» » Texasda terakt tayyorlayotgan o‘smir hibsga olindi

Texasda terakt tayyorlayotgan o‘smir hibsga olindi


Texas shtati Pleyno shahri politsiyasi savdo markazida terakt uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rishda gumonlanuvchi 17 yoshli Matin Azizi-Yarandni hibsga oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Azizi-Yarand hujumni may oyi o‘rtalarida amalga oshirishni rejalashtirgan va teraktda ishtirok etishi uchun boshqa odamlarni ham yollashga uringan.

FQBning ma’lum qilishicha, o‘smir qurol sotib olish uchun o‘z tarafdorlariga 1 400 dollardan ortiq mablag‘ jo‘natgan. FQB agentlaridan biri Azizi-Yarandga chiqib, uning tarafdorlaridan biri sifatida u bilan internetda muloqot qila boshlagan.

O‘smir IShID terrorchilik guruhining materiallarini o‘rganish uni hujum uyushtirishga ruhlantirganligini so‘zlab bergan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют