» » So‘nggi besh yil ichida Rossiya fuqaroligini olgan o‘zbekistonliklar soni deyarli ikki barobarga ortdi

So‘nggi besh yil ichida Rossiya fuqaroligini olgan o‘zbekistonliklar soni deyarli ikki barobarga ortdi


2012-yildan 2017-yilga qadar Rossiya fuqaroligini olgan xorijliklar soni deyarli uch barobarga (95 737 tadan 257 822 tagacha) ortdi, deb xabar beradi Sputnik.

2017-yilda Rossiya pasporti 85 119 nafar ukrainalikka taqdim etilgan. 2012-yildagi ko‘rsatkichlar bilan solishtirganda, bu yetti barobarga ko‘p demakdir.

O‘tgan yil natijalariga ko‘ra, ikkinchi o‘rinni qozog‘istonliklar egalladi (ularning soni 40 718 kishiga teng). Besh yil davomida ularning soni uch barobarga ortgan (2012-yilda 14 585 nafar qozog‘istonlikka Rossiya fuqaroligi berilgan).

Rossiya fuqaroligi eng ko‘p taqdim etilgan xorij mamlakatlari ro‘yxatidan Armaniston (2017-yilda—25 144 kishi, 2012-yilda—13 176 kishi) va O‘zbekiston (2017-yilda—23 334 kishi, 2012-yilda—13 409 kishi) ham o‘rin olgan.

Chet elliklar uchun Rossiya fuqaroligini olishning umumiy yoki soddalashtirilgan tartibi mavjud. Bunda birinchi holatda uch yilga vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomani taqdim etish ko‘zda tutilgan. Shundan so‘ng fuqaro besh yil muddatga beriladigan yashash huquqi uchun ruxsatnomani so‘rashi mumkin, uni olganidan keyingina Rossiya pasportiga ariza berish huquqiga ega bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют