» » 2017-yilda 20 mingdan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxsga reabilitatsiya xizmati ko‘rsatildi

2017-yilda 20 mingdan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxsga reabilitatsiya xizmati ko‘rsatildi


2-may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligida O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 1-dekabrda qabul qilingan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni maqsadi va mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Prezident farmonida nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish hamda ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar qamrab olingan.

Bu borada belgilangan chora-tadbirlar izchillik bilan hayotga tatbiq etilishi natijasida faqatgina 2017-yilning o‘zida aholining ehtiyojmand qatlamlaridan 100 ming nafar fuqarolarga turli xildagi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatildi. Tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi. O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironligi bo‘lgan 15 ming nafar shaxslarga uylarida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi. 19,5 ming nafar ehtiyojmand fuqarolar reabilitatsiya texnik vositalari va protez-ortopediya mahsulotlari bilan ta’minlandi. Nogironligi bor shaxslar bemalol harakatlanishi uchun bino va inshootlarda pandus va tutqichlar o‘rnatilmoqda. Shuningdek, 35 ming nafar pensioner va nogironligi bo‘lgan shaxslar sanatoriyalarga yuborildi. 20 ming nafardan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxslarga reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatildi.

Ma’lumki, 1941—1945-yillardagi urush qatnashchilariga o‘z sog‘lig‘ini tiklash uchun har yili sanatoriyaga bepul yo‘llanma beriladi. Agar ulardan birortasi ushbu imkoniyatdan foydalanmasa, ushbu faxriylarga yo‘llanmaning pulini to‘lash joriy qilindi. Bundan maqsad, nuroniylarning tibbiy-ijtimoiy himoyasini kuchaytirishdir.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-martdagi qarori asosida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilishi jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy himoya tadbirlari samaradorligini yanada yuksaltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu jamg‘arma mablag‘lari nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘mak berish, inklyuziv ta’limni rivojlantirish, reabilitatsiya sifatini oshirish va boshqa tibbiy-ijtimoiy loyihalarga yo‘naltiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют