» » FIFA prezidenti Janni Infantino 2 yilda bir marta mini-jahon chempionati o‘tkazishni taklif qildi

FIFA prezidenti Janni Infantino 2 yilda bir marta mini-jahon chempionati o‘tkazishni taklif qildi


FIFA prezidenti Janni Infantino ikki yilda bir marta mini-jahon chempionati o‘tkazishni taklif qilmoqda. Bu haqda Reuters’ga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Janni Infantino xalqaro futbol islohotlari doirasida ikki yilda bir marta o‘tkaziliadigan mini-jahon chempionati taklifini berdi. Uning taklifiga ko‘ra, mini-jahon chempionati sakkiz terma jamoani birlashtiradi.

FIFA rahbarining so‘zlariga ko‘ra, “Final 8” deb nomlangan yangi musobaqa 2021-yilning oktabr—noyabr oylarida o‘tkazilishi mumkin. Ta’kidlanishicha, bir qator investorlar ushbu yangi mini-jahon chempionati hamda 2021-yildan 24 jamoa ishtirokida boshlanadigan yangilangan Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga 25 milliard dollar sarflashga tayyor.

Infantino taklifiga binoan, Konfederatsiyalar Kubogi har to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladigan Jahon Chempionatidan bir yil oldin bekor qilinadi. “Final 8” Yevropa chempionati, Afrika millatlari kubogi, Kopa Amerika va Jahon Chempionati saralash musobaqalariga xalaqit bermaydi

Bu musobaqa amalga oshishi uchun Infantinoning taklifi FIFA kengashi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют