» » 9 yoshli Ozodbek saxovatpesha insonlar ko‘magiga muhtoj

9 yoshli Ozodbek saxovatpesha insonlar ko‘magiga muhtoj


Buxoro viloyatining Olot tumanidan ayni paytda Toshkentda bo‘lib turgan Shahlo Mamatovaning 2009-yil 8-sentabr kuni tug‘ilgan o‘g‘li Ozodbek Hamroyev og‘ir dard bilan olishmoqda.

Ozodbekka o‘tkir limfoblastik leykoz (oqqon V2-V3, 1-faol davri) tashxisi qo‘yilgan. Oila hozirda moddiy ko‘makka muhtoj. Bolaning onasi so‘zlariga ko‘ra, 2017-yilning noyabr oyida tahlil topshirilganida, qonda oqqon donachalari ko‘p ekani ma’lum bo‘lgan.

“O‘g‘lim Ozodbekning ahvoli kundan kunga yomonlashib borardi. Buxorodagi gemotologiya markazida bir oy davolandi, lekin ahvolida o‘zgarish bo‘lmadi. Kuchli isitma va oyogida kuchli og‘riq zo‘r berib, yurolmay qolgani sabab 2017-yil 22-noyabr kuni Toshkentdagi gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti klinikasiga o‘g‘limni olib bordim. Rossiyaga tahlil jo‘natganimizda 96 foiz oqqon javobi keldi. Kelganida og‘ir ahvolda edi. Ikki marta qon quyishgan, bitta plazma, kuchli antibiotiklar olgan. Hozirda uchinchi kursdamiz. O‘glimni yaqinda kunduzgi bo‘limga o‘tkazishdi. Hozirda qatnab muolajalarini olyapti.

2018-yil 12-yanvarda birinchi kurs tugagan. Yana bitta kursdan ya’ni ikki oydan keyin qo‘llab-quvvatlovi boshlanadi. Hozirda bitta kursga 40 milliondan ortiq mablag‘ talab etilyapti. Qo‘llab-quvvatlovi 2 yil davom etadi va bunda 9 ta kurs bor. Bir kursi ikki oyni tashkil qiladi. To‘rtinchi kursni Buxoroda oladi.

Bundan tashqari, o‘g‘lim bavosil va bronxial pnevmoniya kabi kasalliklar bilan og‘rigan”, — deydi bolaning onasi.

Oila hozirda Toshkent shahrida oyiga 150—200 AQSh dollari to‘lab, ijarada turadi.

Ozodbekning ahvolida biroz o‘zgarish sezilgan bo‘lsa-da, uning tamomila sog‘ayib ketishi uchun davolanish jarayoni davom ettirilishi zarur. Buning uchun esa, tabiiyki, katta mablag‘ talab etiladi.

Endilikda og‘ir kasallikni davolash uchun qo‘llaniladigan dori-darmonlarni sotib olish uchun oilaning qurbi yetmayapti. Oila shu kunga qadar Ozodbekni davolatishda qarindoshlaridan, tanishlardan yordam olgan. Bugunga kelib ularning qarzlari ko‘payib ketgan. Shuning uchun ham Ozodbekning onasi saxovatpesha insonlardan umid ila yordam so‘ramoqda. Imkon qadar Ozodbekning sog‘ayib ketishi uchun hissa qo‘shaylik!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali: (Click, Payme) Shahlo Mamatova.

Agrobank: 8600-0417-2243-0064

Xorijiy davlatlardan yordam bermoqchi bo‘lganlar uchun pasport ma’lumotlari: MAMATOVA SHAKHLO

Onasi Shahlo Mamatovaning telefon raqami: +99890 318 99 27



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют