» » “Xalqlar do‘stligi” nomi san’at saroyi, maydon va metro bekatiga qaytarildi

“Xalqlar do‘stligi” nomi san’at saroyi, maydon va metro bekatiga qaytarildi


3-may kuni xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining navbatdagi o‘ttiz oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada deputatlar vakolatiga doir masalalar, jumladan, Toshkent shahridagi ba’zi geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalasi ko‘rib chiqildi, deyiladi shahar hokimligining xabarida.

Prezident tomonidan 26-aprel kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida hozirda “Istiqlol” san’at saroyi deb nomlanib kelayotgan saroyga, uning old maydoniga hamda “Bunyodkor” metro bekatiga uning avvalgi “Xalqlar do‘stligi” nomini qaytarib qo‘yish, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi davrida 14 farzandni o‘z bag‘riga olgan Shomahmudovlar monumentini joyiga qaytarish maqsadida avval Shomahmudovlar nomi bilan yuritilgan ko‘chaga uning nomini qayta tiklash yuzasidan takliflar berilgan edi.

Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan 36-sessiyada:

- “Istiqlol” san’at saroyiga uning avvalgi nomi — “Xalqlar do‘stligi” saroyi nomini berish;

- saroy old maydonini “Xalqlar do‘stligi” maydoni deb yuritish;

- “Bunyodkor” metro bekatini “Xalqlar do‘stligi” metro bekati deb qayta nomlash;

- Shayxontohur tumani, “Obinazir”, “Jarariq” mahallalari hududida joylashgan Toshko‘cha ko‘chasiga Shoahmad Shomahmudov nomini berish;

Davlat rahbarining 2017-yil 24–25-noyabr kunlari Janubiy Koreyaga davlat tashrifi davomida bergan taklifi hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-fevraldagi yig‘ilish bayoni asosida Chilonzor tumani hududida joylashgan Yangi baynalmilal ko‘chasiga Seul ko‘chasi nomini berish yuzasidan kengashning tegishli qarori qabul qilinib, ijro uchun yo‘naltirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют