» » Sherali Jo‘rayevning Samarqanddagi konserti chiptalar sotilmagani bois ikki oyga qoldirildi

Sherali Jo‘rayevning Samarqanddagi konserti chiptalar sotilmagani bois ikki oyga qoldirildi


Sherali Jo‘rayevning Samarqandda 3-may kuni o‘tishi kerak bo‘lgan konserti 28-iyulga qoldirildi. “Daryo” muxbirining xabar berishicha, ayni paytda konsert o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Dinamo” o‘yingohida konsertga kirish uchun chipta olgan muxlislar kelmoqda, ammo ularga stadion xodimlari konsert bo‘lmasligi aytmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, konsert dasturi chiptalar yetarli sotilmagani bois qoldirilgan. Konsert qoldirilgani to‘g‘risida mahalliy telekanallar orqali xabar berilgan. Biroq Sherali Jo‘rayevning ko‘pchilik muxlislari bundan bexabarligini aytmoqda.

Konsert dasturi buxorolik tashkilotchilar tomonidan tashkillashtirilgan. Chiptaga ko‘rsatilgan raqamlarga qo‘ng‘iroq qilgan muxlislarga 3-may sanasi ko‘rsatilgan chipta 28-iyul kuni bo‘ladigan konsertga kirish uchun amal qilinishini aytilmoqda. Konsert uchun chiptalar 20 ming so‘mdan sotilgan.

Sherali Jo‘rayevning konsertga kelgan ayrim muxlislari hofizning betobligi sabab konsert dasturi qoldirilganini taxmin qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют