» » Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya delegatsiyasini qabul qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni Koreya Respublikasining Shimol bilan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi Son Yon Gil boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, do‘st Janubiy Koreya rahbariyati va xalqini joriy yil 27-aprel kuni Pxanmunjomda Koreyalararo sammit muvaffaqiyatli o‘tgani bilan yana bir bor tabrikladi.

Ushbu tarixiy tadbir Janubiy Koreya Prezidenti Mun Chje Inning KXDR bilan munosabatlarni yaxshilash, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, ishonch muhitini mustahkamlashga qaratilgan “Yangi shimoliy siyosat”ni ro‘yobga chiqarish borasidagi qat’iy pozitsiyasi va sa’y-harakatlari tufayli samarali natijalar berayotgani alohida ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.

Suhbat chog‘ida mamlakatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy, moliyaviy-investitsiyaviy, innovatsiya va gumanitar, jumladan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Son Yon Gil O‘zbekiston rahbariga samimiy qabul va tabrik uchun minnatdorlik bildirib, Prezident Mun Chje Inning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют