» » Aziz Abduhakimov: O‘zbekistonda esdaliklarning narxi arzon, bu esa yomon

Aziz Abduhakimov: O‘zbekistonda esdaliklarning narxi arzon, bu esa yomon


O‘zbekistonda turizmning hamma bosqichini foyda keltiradigan qilish kerak. Bu haqda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov ma’lum qildi, deb yozmoqda Spot.

Qo‘mita raisining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda suvenirlar, gidlik xizmatlari, restoranlar, kafelarda narxlar juda past. Bu bir tomondan raqobatda ustunlik bersa, boshqa tomondan turizm sohasining tadbirkorlar va hukumat uchun daromadli bo‘lishi haqida o‘ylash kerak.

Uning aytishicha, sayyohlik xizmatlarini diversifikatsiya qilish kerak, chunki yangi xizmatlarni yo‘lga qo‘yish va ko‘proq foyda olish mumkin bo‘lgan ko‘plab yo‘nalishlar mavjud. Qo‘mita rahbarining qayd etishicha, ayni vaqtda sayyohlarning ma’lum oqimini aniq yo‘naltirish imkoniyati yetishmaydi.

Bunda Aziz Abduhakimov mehmonlarning har bir turiga alohida sayyohlik xizmatini taklif qiladigan turk hamkasblarning tajribasini tadbiq qilish kerakligini ta’kidlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2018, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют