» » 4-may kuni O‘zbekistonda bulutli ob-havo kuzatiladi

4-may kuni O‘zbekistonda bulutli ob-havo kuzatiladi


Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 3-may kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3–8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13–15, kunduzi 27–29 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13–18 daraja iliq, kunduzi 27–32 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13–18 daraja iliq, kunduzi 26–31 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13–18 daraja iliq, kunduzi 25–30 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 14–19 daraja iliq, kunduzi 28–31 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5–10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10–15, kunduzi 24–29 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5–10, kunduzi 15–20 daraja iliq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют