» » Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga bir chorakda E-Sud orqali 204 ming murojaat kelib tushdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga bir chorakda E-Sud orqali 204 ming murojaat kelib tushdi


2018-yilning birinchi choragida mamlakatdagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga E-Sud tizimi orqali jami 204 ming 490 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 127 ming 833 tasi sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi, 76 ming 657 tasi esa da’vo tartibida hal qilinadigan arizalaridan iborat bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Elektron shaklda kelib tushgan da’vo arizalari va arizalarning asosiy toifalari quyidagicha: nikohdan ajratish — 27,8 foiz, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni tasdiqlash — 8,8 foiz va qarzni undirish — 5,8 foiz.

Sudlarga E-Sud tizimi orqali kelib tushgan arizalar va da’vo arizalarining o‘rtacha 27 foizi xotin-qizlar tomonidan berilgan.

E-Sud milliy elektron sudlov axborot tizimi O‘zbekiston Oliy sudi, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), BMT Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik” qo‘shma loyihasi doirasida yaratilgan bo‘lib, fuqarolik ishlari bo‘yicha barcha sudlarida keng joriy etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют