» » Yevropa Ligasi. Arsen Vengerning “Arsenal”i yana yutqazdi va finalga chiqa olmadi

Yevropa Ligasi. Arsen Vengerning “Arsenal”i yana yutqazdi va finalga chiqa olmadi


Hozirgina Yevropa Ligasi yarim final javob uchrashuvi doirasida “Atletiko Madrid” — “Arsenal” uchrashuvi yakuniga yetdi.

Uchrashuv taqdirini Diyego Kosta birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda hal etdi. Kosta tomonidan kiritilgan yagona gol “matraschilar”ni Yevropa Ligasi finaliga olib chiqdi. “Arsenal”  va Arsen Venger yevromavsumni quruqqo‘l holda yakunlaydigan bo‘ldi.

Ayni damda “Zalsburg” — “Marsel” o‘yinida qo‘shimcha bo‘limlar davom etmoqda.

Yevropa Ligasi

Yarim final javob uchrashuvlari

3-may, payshanba

Gol: 1:0 – 45 Diyego Kosta.

“Atletiko”: Oblak, Godin, Ximenes, Lyuka Ernandes, Vitolo (Korrea, 74), Parti (Savich, 90), Saul, Gabi, Koke, Diyego Kosta (Torres, 83), Grizmann.

“Arsenal”: Ospina, Mustafi, Monreal, Belyerin, Kosyelni (Chembers, 12), Uilsher (Mxitaryan, 68), Jaka, Remzi, Ozil, Uelbek, Lyakazett.

Ogohlantirishlar: Uilsher (42), Gabi (52), Monreal (58), Saul (71), Diyego Kosta (78), Mustafi (78).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2018, 02:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют