» » Dmitriy Medvedev O‘zbekiston bosh vazirini 9-may bilan qutladi

Dmitriy Medvedev O‘zbekiston bosh vazirini 9-may bilan qutladi


Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri Dmitriy Medvedev O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Moldova, Belarus, Ozarbayjon va Armaniston hukumatlari rahbarlarini ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 73 yilligi bilan qutlab, tabrik telegrammalari yo‘lladi. Bu haqda Rossiya hukumati matbuot xizmati xabar bermoqda.

Medvedev urush yillari sinovlarida yuzaga kelgan mustahkam do‘stlik an’analari bundan keyin ham davlatlararo munosabatlarning ishonchli asosi bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Shuningdek, Rossiya bosh vaziri hamkasblaridan o‘zining ehtiromini urush qatnashchilari va front ortida xizmat ko‘rsatgan insonlarga yetkazib qo‘yishni iltimos qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2018, 07:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют