» » Keyt Midltonning qizi shahzoda Sharlotta 3 yoshga to‘ldi

Keyt Midltonning qizi shahzoda Sharlotta 3 yoshga to‘ldi


2-may, chorshanba kuni Keyt Midlton va shahzoda Uilyamlarning qizi Sharlotta 3 yoshga to‘ldi. Bu haqda “MetroNews.ru” xabar berdi. Ko‘pchilik shu kuni qirollik oilasi Sharlottaning suratini internetga joylashini kutgan, biroq Kensington saroyining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Keyt Midltonning o‘z tug’ilgan kuni, 2018-yilning yanvarida olgan suratigina paydo bo‘ldi.

???°???????????? ???? ?·?°?????????? prinsessa sharlotta

Sharlotta – Keyt Midlton va shahzoda Uilyam oilasidagi yagona qiz farzand. Uning akasi Jorj va yaqinda dunyoga kelgan ukasi shahzoda Lui bor. Sharlotta bobosi shahzoda Charlz, otasi shahzoda Uilyam va akasi Jorjdan so‘ng Britaniya qirolligi taxtiga to‘rtinchi da’vogardir.

Sharlotta 2015-yil 2-may kuni London vaqti bilan soat 08:34 da dunyoga kelgan. U Buyuk Britaniya qirolichasining beshinchi evarasidir. To‘liq ismi – Sharlotta Yelizaveta Diana. Rasmiy unvoni – “Oliy hazratlari Sharlotta Kembrijlik”.

2017-yildan boshlab Sharlotta–Kensington saroyi yaqinida joylashgan Willcocks Nursery School bolalar bog’chasining tarbiyalanuvchisi.

Qirolicha Yelizaveta II evarasi Sharlotta ukasiga g’amxo‘rlik qilishni yaxshi ko‘rishini aytgan. Mahalliy matbuot Sharlotta akasi Jorjga nisbatan injiq tabiatga ega ekanini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют