» » Qashqadaryodagi YTHda Nexia haydovchisi va uning yo‘lovchisi halok bo‘ldi

Qashqadaryodagi YTHda Nexia haydovchisi va uning yo‘lovchisi halok bo‘ldi


Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida 2-may kuni ikki kishining o‘limiga olib kelgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.

Shu kuni soat 23:30 atrofida Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yashagan, 1994-yilda tug‘ilgan Sh.Ashurov Nexia rusumli avtomashinasini M-39 “Toshkent—Termiz” yo‘lining 1314-kilometrida haydab ketayotib, yo‘l chetidagi beton to‘siqqa borib urildi.

Hodisa oqibatida haydovchi Sh.Ashurov va uning yo‘lovchisi, 1992-yilda tug‘ilgan F.Xudoyqulova jarohat olib, voqea joyida halok bo‘ldi.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют