» » Farg‘onada arxivdagi qarorning ko‘chirmasi uchun 300 dollar talab qilgan arxiv direktori jazolandi

Farg‘onada arxivdagi qarorning ko‘chirmasi uchun 300 dollar talab qilgan arxiv direktori jazolandi


Farg‘ona viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining Quva tuman davlat arxiviga bir fuqaro murojaat qilib, uy-joy qurish uchun buvisining nomiga qabul qilingan qarorni qarindoshlari da’vo qilmasliklari maqsadida otasining nomiga chiqarilgan qarordan ko‘chirma tayyorlab berishni so‘raydi. Arxiv direktori bunday “mijoz”ni qo‘ldan boy bergisi kelmadi. Ta’magirlik yo‘lini tutib, qarordan ko‘chirma tayyorlab berish uchun 300 dollar talab qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Fuqaro bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga ariza bilan murojaat qildi. DXX va Bosh prokuratura huzuridagi soliq valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining Quva tumani bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda arxiv direktori o‘z xizmat xonasida 250 dollar va murojaat qilgan fuqaroning pasportini olganida ushlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, arxiv direktori 2015—2017-yillar davomida Quva tumaniga oid bo‘lgan yer uchastkalari ajratish, xonadonlarni xususiylashtirish, egalik huquqini aniqlash bo‘yicha ijroiya qo‘mitalari, hokimlar, sudlar, notarial idoralar qarorlari va hujjatlari bo‘yicha 832 holatda arxiv ma’lumotlaridan berilgan arxiv ko‘chirmalarini, ushbu ko‘chirmalar uchun fuqarolar tomonidan “O‘zarxiv” agentligining ko‘rsatmasi asosida belgilangan, har bir ko‘chirma uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 61 ming 649 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘zlashtirish maqsadida tashkilotning ro‘yxatga olish kitobiga ushbu ko‘chirmalar ish haqidan ekani, ya’ni davlat boji undirilmaydigan ko‘chirmalar ekanligi haqida soxta ma’lumotlarni kiritgan. Mazkur mulkiy turdagi ko‘chirmalarga qalbaki chiqish raqamlarini qo‘yib, jami 51 million 291 ming 968 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘zlashtirib yuborgan.

Shuningdek, 2015—2017-yillar davomida fuqarolarga yer uchastkalari ajratish, xonadonlarni xususiylashtirish, egalik huquqini aniqlash bo‘yicha ijroiya qo‘mitalari, hokimlar, sudlar, notarial idoralar qarorlari va hujjatlari bo‘yicha tayyorlab berilgan ko‘chirmalar uchun belgilangan 61 ming 649 so‘m miqdoridagi davlat bojini 63 holatda kam undirishi natijasida jami 2 million 499 ming 234 so‘m miqdordagi pul mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-taroj qilgani aniqlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Quva tumani sudi tomonidan arxiv direktoriga o‘z qilmishlariga yarasha jazo tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют