» » Xitoy klubi Inyestaga 3 yil uchun 81 mln yevro maosh taklif qildi, qo‘shimchasiga esa futbolchining 6 mln shisha vinosini ham sotib olmoqchi

Xitoy klubi Inyestaga 3 yil uchun 81 mln yevro maosh taklif qildi, qo‘shimchasiga esa futbolchining 6 mln shisha vinosini ham sotib olmoqchi


Xitoyning “Chunsin Lifan” klubi “Barselona” yozda tark etadigan yarim himoyachi Andres Inyestaga 3 yillik shartnoma uchun 81 million yevro maosh taklif qildi, deb yozadi “Sports.ru”.

33 yoshli yarim himoyachi mavsum so‘ngida “Barselona”dan ketishini e’lon qildi. Hozirda Andres Xitoyga ko‘chib o‘tish ustida bosh qotirmoda. “Chunsin Lifan” klubi esa Inyestani katta maosh bilan o‘z tomoniga og‘dirib olishga harakat qilmoqda. Xitoy klubi ispaniyalik futbolchiga 3 yillik shartnoma uchun 81 million yevro taklif qildi.

Agarda Inyesta Xitoy klubi taklifiga rozilik bildirsa, “Real” a’zosi Krishtianu Ronalduni quvib o‘tib, Messi va Neymardan so‘ng dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi. “Barselona” va PSJ a’zolari yiliga 35 million yevro ishlab topadi.

Shuningdek, “Chunsin Lifan” Inyestaga tegishli kompaniya tomonidan ishlab chiqariladigan 6 million shisha vinoni xarid qilishga ham tayyor. Bu esa futbolchiga qo‘shimcha 36 million yevro daromad olib keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 51) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют