» » Arxeologlar Xitoy shimoli-g‘arbida yoshi 3 ming yillik timsoh qoldiqlarini topdi

Arxeologlar Xitoy shimoli-g‘arbida yoshi 3 ming yillik timsoh qoldiqlarini topdi


Xitoylik olimlar Sian shahrida (shimoli-g‘arbiy Shensi provinsiyasi ma’muriy markazi) timsoh qoldiqlarini topdi. Ular Yer sharining mazkur qismida uch ming yil ilgari yashagan. Bu haqda China Daily gazetasi ma’lum qilmoqda, deb yozadi “TASS”.

Mutaxassislar qadimiy fauna namunalariga tasodifan duch keldi. Ular qazish ishlari davomida topilgan maydoni o‘n kvadrat metrlik yerosti g‘orida bo‘lgan.

Tadqiqotchilar guruhi rahbari Yue Lyanszyanning so‘zlariga qaraganda, bu sudralib yuruvchilarning ushbu hududda yashagan davri G‘arbiy Chjou sulolasi davriga (eramizdan avvalgi 1100—771) to‘g‘ri keladi.

“Mazkur topilma bir necha ming yil avval timsohlar yashagan areal (o‘simlik yoki hayvonlarning biror turi tarqalgan joylar) haqida muhim ma’lumotlar olish imkonini berdi. Avval bunday qoldiqlar faqat mamlakatning janubidan topilgan”, — deydi u.

Lyanszyan topilmaga tayanib, Shimoliy-G‘arbiy Xitoyning iqlimi o‘sha davrlarda ancha nam, subtropik bo‘lganligini ta’kidladi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют