» » O‘zbekiston va Turkiya Adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi

O‘zbekiston va Turkiya Adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning O‘zbekistonga tashrifi doirasida ikki mamlakat adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi “Daryo”ga xabar berdi.

Memorandumdan ko‘zlangan maqsad xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyil va me’yorlariga muvofiq huquqiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish va tajriba almashishdan iborat.

Memorandumga asosan hamkorlik inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, norma ijodkorligi, yuridik xizmatlar ko‘rsatish, yuridik kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish kabi sohalar, shuningdek o‘zaro manfaatli boshqa yo‘nalishlar amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, memorandumda anjuman, seminar, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, qonunchilik va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash amaliyoti hamda yuridik adabiyot va boshqa nashrlar, tomonlar adliya organlari va muassasalari faoliyatini tashkil qilish bilan yanada to‘liqroq tanishish, hamkorlikdagi tadqiqotlarni tashkil qilish va o‘tkazish, tomonlar tomonidan kelishib olingan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida delegatsiyalar almashinuvi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, memorandum ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, ikki davlat Adliya vazirliklari o‘rtasida xuquqiy sohada samarali hamkorlikning huquqiy asosini yaratishga xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют