» » Osiyo Chempionlar ligasi. “Nasaf” Saudiya Arabistoniga, “Bunyodkor” Qatarga yetib keldi va ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi

Osiyo Chempionlar ligasi. “Nasaf” Saudiya Arabistoniga, “Bunyodkor” Qatarga yetib keldi va ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi


Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichida ishtirok etish uchun harakat qilayotgan Qarshining “Nasaf” va Toshkentning “Bunyodkor” klublari ertaga — 7-fevral kuni pley-off o‘yinida maydonga tushadi.

O‘tish bosqichida Bahrayn chempioni darvozasiga javobsiz 4 ta gol urgan “Nasaf” Saudiya Arabistonining “Al-Fotih” klubiga qarshi kurash olib borsa, “Bunyodkor” Qatarda “Al-Jaish” bilan hisob-kitob qiladi. “Nasaf” ishtirokidagi o‘yin 20:00 da, “qaldirg‘ochlar”ning bellashuvi esa 20:15 da start oladi.

O‘zbekistonning har ikki klubi o‘yin bo‘lib o‘tadigan shaharlarga yetib keldi va uchrashuv o‘tadigan stadionda dastlabki mashg‘ulotini o‘tkazdi.

“Nasaf” futbolchilari Al-Ahsa shahriga yetib kelishi bilan Al Ahsa Inter Continental mehmonxonasidan qo‘nim topgan.

Qarshi klubining raqibi Saudiya Arabistoni Pro ligasida bor-yo‘g‘i 12-o‘rinni egallab turibdi.

“Bunyodkor” BAAdagi yig‘indan so‘ng Qatarga keldi va Dohadagi Warwick mehmonxonasidan joy oldi.

Toshkent klubining raqibi Qatar Yulduzlar ligasining kuchli to‘rtligida bormoqda.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют