» » Toshkent markazidagi ko‘p yillik ulkan daraxtlar kimning buyrug‘i bilan kesib tashlanmoqda?

Toshkent markazidagi ko‘p yillik ulkan daraxtlar kimning buyrug‘i bilan kesib tashlanmoqda?


“Sreda.uz” Toshkent markazidagi ko‘p yillik ulkan daraxtlar kesib tashlanayotgani tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi.

“Chinorlar, emanlar, shumtollarni oldinlar ham kesishgan, bugun ham kesishmoqda, ertaga esa Toshkentda kesishadi, undan keyin O‘zbekistonning boshqa shaharlarida. Daraxtlar bizniki, xalqniki. Ular tuman yoki shahar hokimiga tegishli emas”, — deyiladi xabarda.

“Hokimlarning og‘zaki buyruqlariga qarab ish tutilmoqda. 3-may kuni O‘rdada ham xuddi shu kabi holatga guvoh bo‘ldim. Hudud inspeksiyasi xodimlari kelishganida, daraxtni kesayotganlarning ‘kattasi’ ‘hujjat yo‘q bo‘lsa nima qilibdi? Bu chinorlar chirib ketgan’,— deya javob qaytardi. Ruxsatnoma bilan kesilganida, chinorlarga eng yuqori narxda pul to‘lashadi. Chunki u juda qadrli va mustahkam daraxt”, — deydi post muallifi. Shuningdek, Facebook ijtimoiy tarmog‘ida 2-may kuni Bosh prokuratura yaqinidagi daraxtlarning kesilayotgani tasvirlangan surat keltirib o‘tilgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu kunning o‘zida Toshkent markazida — eski Konservatoriya oldidagi daraxtlar ham kesilgan. Militsiya xodimlari esa sodir bo‘layotgan hodisani chetda turib, shunchaki kuzatishgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют