» » Rossiyalik olimlar dunyoda birinchi bo‘lib muzlatilgan qurbaqa yuragini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi

Rossiyalik olimlar dunyoda birinchi bo‘lib muzlatilgan qurbaqa yuragini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi


Rossiyalik olimlar dunyoda birinchi bo‘lib muzlatilgan qurbaqa yuragini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Ilg‘or tadqiqotlar jamg‘armasining loyihalar guruhi rahbari professor Anatoliy Kovtunga asoslanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“Ilg‘or tadqiqotlar jamg‘armasi izolyatsiya qilingan tirik to‘qimalar va inson organlarini cheksiz vaqt davomida saqlash texnologiyasini yaratish ustida ilmiy ish olib bormoqda. Bizning alohida faxrimiz — bu minus 196 daraja Selsiyda 45 kun davomida saqlangan qurbaqa yuragini qayta tiklashga muvaffaq bo‘lganimiz”, — deydi Kovtun.

Bundan tashqari olimlar 4 daraja iliq haroratda 24 soat davomida saqlangan kalamush yuragining funksional faolligini qayta tiklashga ham erishgan.

“Kalamush-retsipientlarning gipotermik saqlangan yuraklari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi. Mavjud texnologiyalar yordamida yurakni 6 soatgacha saqlash mumkin”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2018, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют