» » O‘zbek baleti artistlari ilk marta Tojikistonda sahnaga chiqdi

O‘zbek baleti artistlari ilk marta Tojikistonda sahnaga chiqdi


Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik opera va balet Katta teatri balerinasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Nodira Hamroyeva va balet solisti Ulug‘bek Olimov Dushanbeda sahnaga chiqdi. O‘zbek baleti artistlari mustaqillikka erishgandan keyin, ilk marta Tojikistonda sahnaga chiqdi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar bermoqda.

San’atkorlar Sadriddin Ayniy nomidagi Tojik Davlat akademik opera va balet teatri sahnasida P.I.Chaykovskiyning “Uyqudagi go‘zal” spektaklida solistlik qildi. Tojikistonlik balet ustalari va M.Sobirova nomidagi xoreografiya kolleji tarbiyalanuvchilari ham spektaklda ishtirok etdi.

DAKT solistlari Dushanbega Tojik Davlat akademik opera va balet teatri rahbariyati tomonidan taklif qilingan. Konsert ikki mamlakat o‘rtasida imzolangan madaniy hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvga asosan tashkil qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2018, 17:28)
0 (голосов: 4)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют