» » O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi jamoasi xalqaro festivalda bir nechta oltin medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi jamoasi xalqaro festivalda bir nechta oltin medalni qo‘lga kiritdi


1—2-may kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida “Qozon-mangal” II Yevro Osiyo kulinariya festivali bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Pisma o Tashkente”.

O‘zbekiston oshpazlari uyushmasi boshlig‘i Akbar Umarov boshchiligidagi jamoa mamlakat sharafini himoya qildi.

O‘zbekistonlik oshpazlar jamoasining a’zolari Azimjon Obidjonov hamda Muhitdinjon Mansurovlar “Qo‘y go‘shtidan taom” va “O‘zgan guruchidan tayyorlangan palov” nominatsiyasida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Jamoaning Ahmad Hamdamov va Umriniso To‘laganova singari professional a’zolari “Qora quti” nominatsiyasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ahmad Hamdamov “Forel” nominatsiyasida yana bir oltin va “Etnik oshxona” nominatsiyasida kumush medali sovrindori bo‘ldi.

Umriniso To‘laganova esa “Desert” nominatsiyasida oltin medal sohibasiga aylandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют