» » Bobomurod Abdullayev ishi bo‘yicha sud hukmi 7-may kuni e’lon qilinadi

Bobomurod Abdullayev ishi bo‘yicha sud hukmi 7-may kuni e’lon qilinadi


Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Saloyevlarning ishi yuzasidan sud hukmi 7-may kuni o‘qib eshittirilishi kutilmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Toshkent shahar sudida 4-may kuni o‘tgan majlisda oxirgi sudlanuvchi Shavkat Olloyorov chiqib, uni oqlashlarini so‘radi.

U oilasining yagona boquvchisi ekanligini, jumladan, nafaqadagi ota-onasi va uch nafar voyaga yetmagan bolasiga g‘amxo‘r ekanligini qayd etdi.

Shavkat Olloyorov butun O‘zbekiston oldida halol vijdon bilan chiqib, oqlanishni istashini aytdi.

Oldinroq qolgan gumonlanuvchilar ham so‘nggi so‘zlarini aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, davlat ayblovchisi Bobomurod Abdullayevga besh yillik qamoq jazosini belgilashni, qolgan sudlanuvchilarni ozod etishni so‘ragan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют