» » Timati 10 yildan beri Qozog‘istondagi jarima maydonida saqlanayotgan Audi avtomobilini sotib, pulini bolalar uyiga berishlarini so‘radi

Timati 10 yildan beri Qozog‘istondagi jarima maydonida saqlanayotgan Audi avtomobilini sotib, pulini bolalar uyiga berishlarini so‘radi


Rossiyalik reper Timati 10 yildan oshiq vaqtdan beri Qozog‘istonning Petropavlovsk shahridagi jarima maydonida turgan Audi TT avtomobilini sotib, tushgan mablag‘ni bolalar uyi yoki og‘ir kasallikka chalingan bemorlarni davolash markaziga berishga qaror qildi. Bu haqda qo‘shiqchi Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi, deya xabar beradi Tengrinews.

14-15 yil avval chindan ham mazkur avto egasi bo‘lganimni tasdiqlayman. Biroq beg‘amligim tufayli (tashqarida qor uyumida qoldirganman) mashinani “egalari” olib ketgan. Hech kimga hech qanday da’voyim yo‘q, vaziyatni allaqachon unutganman. Xudoga shukur, sevgan yo‘nalishimda ishlash va o‘zimni transport vositalarining istalgan turi bilan ta’minlash imkoniyati nasib etdi. Begonalashtirish bo‘yicha barcha qog‘ozlarni imzolashga tayyorman. Petropavlovskdagi jarima maydoni rahbaridan shoshilinch ravishda avto sotuvini tashkil etish va tushgan mablag‘ni shahardagi bolalar uyi yoki og‘ir kasallik bilan og‘rigan bemorlarni davolash markaziga topshirishni so‘rayman

Timati, rossiyalik reper

Petropavlovskda Timatining avtomobili diqqatga sazovor matohga aylangan. Qimmatbaho avto o‘z vaqtida xonandaning kvartirasi yaqinidan o‘g‘irlab ketilgandi. Bir necha oy ichida Audi TT qo‘ldan-qo‘lga o‘tdi va oxiri 2006-yili o‘zgartirilgan davlat raqamlari bilan Qozog‘iston shimolida topildi. 

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют