» » Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi

Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi


4-may kuni “Terrorizm va zo‘ravonlik ekstremizmiga qarshi kurash” mavzusidagi xalqaro konferensiyada (Dushanbe, 3-4-may) ishtirok etayotgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Hindiston davlat tashqi ishlar vaziri Mobasher Javed Akbar bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat davomida O‘zbekiston – Hindiston hamkorligining amaliy jihatlari, jumladan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi.

Muzokaralarda 27-mart kuni Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasini amalga oshirish doirasidagi hamkorlikning muayyan mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv chog‘ida ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi majlisi kun tartibining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Ushbu tadbirda Hindiston tomoni birinchi marta tashkilotning to‘liq a’zosi sifatida ishtirok etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют