» » Shveysariyaning Mabetex Group kompaniyasi Toshkentda besh yulduzli mehmonxona quradi

Shveysariyaning Mabetex Group kompaniyasi Toshkentda besh yulduzli mehmonxona quradi


Toshkent shahar hokimligida Shveysariyaning Mabetex Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi hokimlik axborot xizmati.

Tomonlar o‘zaro muloqot chog‘ida Toshkent shahrida bunyod etilayotgan va kelgusida rejalashtirilayotgan yangi loyihalar to‘g‘risida so‘z yuritdi. Xususan, Toshkent shahar hokimining taklifini ma’qullab delegatsiya rahbari Afrim Pokolli bir yarim oy muddatda ming tomoshabinga mo‘ljallangan ko‘p funksiyali konsert zali hamda besh yulduzlik mehmonxona loyihasini tashqi va ichki ko‘rinishi mujassam bo‘lgan taqdimotini o‘tkazishga va’da berdi.

Shveysariyaning Mabetex Group kompaniyasi 1990-yilda tashkil topgan bo‘lib, hozirgacha dunyoning 16 ta rivojlangan mamlakatlarida o‘z loyihalari bilan ishtirok etib kelmoqda. Kompaniyaning asosiy ish tartibida katta–katta inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish, arxetektura qo‘llanmalarini joriy qilish va ular ustida ishlashdan iborat. Mabetex Group kompaniyasi Olmaota shahridagi Ostona opera teatrini ham o‘z loyihalari asosida qurgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют