» » O‘zbekistonlik qizlar yakuniy bosqichi AQShda o‘tkaziladigan Technovation Challenge xalqaro tanlovida ilk bor ishtirok etadi

O‘zbekistonlik qizlar yakuniy bosqichi AQShda o‘tkaziladigan Technovation Challenge xalqaro tanlovida ilk bor ishtirok etadi


O‘zbekistonlik 200 ga yaqin qiz mamlakatda ilk bor o‘tkazilayotgan Technovation Challenge xalqaro tanlovida ishtirok etadi. 3 oy davomida ular shahar, tuman yoki mahalladagi muammolarni yechishga qaratilgan ijtimoiy mobil dasturini ishlab chiqishi talab etiladi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”. 

Technovation Challenge texnologik ishlanmalarning faqat 15 dan 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar uchun mo‘ljallangan yirik tanlovi bo‘lib, Google, Yahoo, Adobe, Intel, Oracle, Dropbox, 2015-yildan boshlab esa BMTning UN Women tizimi ko‘magida o‘tkazib kelinmoqda. 

Dasturning asosiy maqsadi qizlarni jamiyat muammolarini axborot texnologiyalar va tadbirkorlik ko‘nikmalari yordamida hal etishga undashdan iborat. 5 nafar qiz va ustozdan iborat jamoalar 12 hafta davom etadigan o‘quv dasturi davomida nafaqat mobil dasturni ishlab chiqadi, balki marketing tadqiqotlari o‘tkazadi, biznes-rejalar tuzadi, video suratga oladi va yangi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

Tayyorlanadigan mahsulotlar BMT barqaror rivojlanish yo‘nalishlari — sog‘liqni saqlash, ta’lim, atrof-muhit, farovonlikni ta’minlash va boshqa mavzularni qamrab olish lozim. 

Loyihalar taqdim etilganidan so‘ng butun dunyo bo‘ylab 10 ta finalchi jamoa tanlab olinadi va ular Kaliforniyada (AQSh) bo‘lib o‘tadigan yakuniy bosqichga taklif etiladi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

 

Опубликовано: admin (6-02-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют