» » AQSh Milliy xavfsizlik agentligi 2017-yilda 534 million qo‘ng‘iroqni tingladi

AQSh Milliy xavfsizlik agentligi 2017-yilda 534 million qo‘ng‘iroqni tingladi


AQSh Milliy xavfsizlik agentligi 2017-yil davomida 534 million qo‘ng‘ iroqni tingladi. Bu haqda agentlik saytida berilgan hisobotga tayanib, “RIA Novosti”  xabar berdi.

Hisobotda keltirilishicha, xavfsizlik agentligi tomonidan yozib olingan va muayyan sabablarga ko‘ra arxivlarda saqlanib kelayotgan qo‘ng‘iroqlarning umumiy soni 534 396 285 taga teng.

Ta’kidlanishicha, arxivdan nafaqat xorij, balki AQShning mahalliy telefon raqamlaridan amalga oshirilgan qo‘ng‘iroqlarning yozuvlari ham o‘rin olgan.

Qo‘ng‘iroqlari yozib olingan odamlar soni bu ko‘rsatkichdan kamroq bo‘lishi mumkin — bir necha qo‘ng‘iroq bir kishiga tegishli bo‘lgan holatlar ham bor.

Amerika hukumatining dunyo bo‘ylab qo‘ng‘iroqlarni kuzatishi haqida keng ommaga 2013-yili xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют