» » JARda shaxta avariyasi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi

JARda shaxta avariyasi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi


Janubiy Afrika Respublikasi shimolidagi shaxta qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni yetti kishiga yetdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Avvalroq to‘rt kishi halok bo‘lgani, yana olti kishi tan jarohati olgani haqida xabar berilgan edi. Sibanye-Stillwater kompaniyasiga tegishli shaxtadagi halokatga 3 may, payshanba kuni yuz bergan 2,2 magnitudali zilzila sabab bo‘lgan.

“Afsuski, yer ostidan olib chiqilgan so‘nggi uch kishi olgan jarohatlari oqibatida vafot etdi. Zilzila qurbonlarining umumiy soni yetti kishini tashkil etmoqda”, — dedi shaxtaga egalik qiluvchi kompaniya vakili Jeyms Uellsted.

Hodisa oqibatida jabrlangan yana olti konchi shifoxonaga yotqizilgan, ularning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda. Mahalliy ma’muriyat hodisa yuzasidan tekshiruv-surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2018, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют