» » Buxoroda temiryo‘l bekatining boshlig‘i pora olayotganida qo‘lga tushdi

Buxoroda temiryo‘l bekatining boshlig‘i pora olayotganida qo‘lga tushdi


Buxoroda yuk vagonlarini qabul qilish va topshirish uchun “haq” talab qilgan temiryo‘l bekati boshlig‘i pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Kogon temiryo‘l bekatiga kelgan yuk vagonlarini o‘z buyurtmachilari yoki tegishli korxona va tashkilotlarga berish hamda o‘z vaqtida qabul qilib topshirish jarayonlarida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Buxoro mintaqaviy temiryo‘l uzeliga qarashli Kogon temiryo‘l bekati boshlig‘i yuklarni qabul qilib topshiruvchi mas’ul shaxslardan muntazam ravishda har bir vagon uchun 200 ming so‘m miqdorida pul talab qilib kelayotganligi bois, uning noqonuniy harakatlariga nisbatan qonun doirasida chora ko‘rishni so‘rab qilingan murojaat yuzasidan Buxoro viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va Buxoro viloyat IIB TJXTB JQB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar olib borilgan.

Tadbir davomida Kogon shahrida yashovchi, 1979-yilda tug‘ilgan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Buxoro MTUga qarashli Kogon temiryo‘l bekati boshlig‘i lavozimida ishlovchi M.K. o‘z xizmat xonasida Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga tegishli yuklarni qabul qilib topshiruvchi mas’ul shaxsdan 200 ming so‘m pulni tamagirlik yo‘li bilan qonunga xilof ravishda olgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olingan.

“Ushbu holat yuzasidan M.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi ‘v’ bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, — deyiladi IIB axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2018, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 51) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют