» » Qiziltepada Lacetti olib beraman deb 80 mln so‘mni “yeb yuborgan” shaxs ushlandi

Qiziltepada Lacetti olib beraman deb 80 mln so‘mni “yeb yuborgan” shaxs ushlandi


Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida mashina olib beraman deb, ko‘p miqdordagi pulni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etishlaricha, 2017 yil mart oyida Qiziltepa tumanining So‘fiyon mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan O.M. uyi oldida jabrlanuvchi — B.T.ga xususiy korxonaga tegishli Lacetti’ni olib berishini va’da berib, undan 80 million so‘m pul olgan.

“Pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan O.M. hozirgi vaqtda ushlangan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, — deyiladi IIV axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют