» » Braziliyadagi yirik YTH oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

Braziliyadagi yirik YTH oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi


Braziliyada 5-may, shanba kuni yuz bergan yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, yana 30 kishi turli darajada tan jarohati oldi.

“RIA Novosti” axborotiga ko‘ra, hodisa Parana shtatidagi katta yo‘lda yuz bergan — bemorlarni shifoxonaga olib ketayotgan avtobus yengil mashina bilan to‘qnashib ketgan.

Yo‘l politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, yengil avtomobil quvib o‘tishga uringan, biroq o‘zining harakatlanish bo‘lagiga qaytishga ulgurmay, avtobusga borib urilgan, oqibatda avtobus ag‘darilib ketgan.

Qurbonlarning ikki nafari yengil mashina yo‘lovchilari, qolgan yetti kishi esa avtobus salonida bo‘lgani aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 92) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют