» » Superliga. Elguja Grigalashvili yana gol urdi, biroq “Qizilqum” mag‘lubiyatga uchradi

Superliga. Elguja Grigalashvili yana gol urdi, biroq “Qizilqum” mag‘lubiyatga uchradi


Kecha, 4-may sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 10-tur bahslariga start berildi.

“Bunyodkor” o‘z uyida “Nasaf”ni mag‘lub etgan bo‘lsa, “Lokomotiv” Farg‘onada “Neftchi” ustidan yirik hisobda g‘alabaga erishdi.

Bugun, 5-may sanasida 10-tur doirasida yana ikki uchrashuv bo‘lib o‘tishi belgilangan edi. Ikkala o‘yin ham yakuniga yetdi.

Olmaliqda AGMK jamoasi Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubini qabul qilib, golsiz durangga rozi bo‘ldi.

Kun taqvimidan o‘rin olgan ikkinchi o‘yin hozirgina Navoiyda yakunlandi. “Qizilqum” hamda Bekobodning “Metallurg” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda mehmonlarning qo‘li baland keldi. Mehmonlarning ikkita bo‘limda bittadan urgan goliga, “Qizilqum” to‘purari Elguja Grigalashvili 65-daqiqaga kelibgina javob qaytara oldi, xolos.

10-tur ertaga yakunlanadi.

Pepsi Superliga

10-tur bellashuvlari

5-may, shanba

AGMK: Pavel Matyash, Xurshidbek Muxtorov, Muzaffar Muzaffarov (Zafar Polvonov, 74), Shoxnazar Norbekov, Lutfulla To‘rayev, Vladimir Bubanya, Qahramon Bahodirov, Vladislav Kasminin, Yovan Jokich, Javlon Guseynov (Kamoliddin Murzoyev, 85), Vadim Chemirtan

“So‘g‘diyona”: Dilshod Hamroyev, Sardor Qulmatov, Azamat Isroilov, Elyor Orifov, Dilmurod Karimov (Iqbol Malikjonov, 82), Doniyor Hasanov, Sardor Azimov (Sahob Rashidov, 90+3), Shoxruz Norxonov, Tohirjon Shamsiddinov, Izzatilla Abdullayev (Oybek Nurmatov, 65), Ruslan Melziddinov

Ogohlantirishlar: Izzatilla Abdullayev 54, Xurshidbek Muxtorov 58, Shohruz Norxonov 62, Vladislav Kasminin 62, Sardor Azimov 67, Muzaffar Muzaffarov 70, Tohirjon Shamsiddinov 71.

Gollar: 0:1 — 21 Zohid Abdullayev. 0:2 — 50 Shahzod Shaymanov. 1:2 — 65 Elguja Grigalashvili.

“Qizilqum”: Yevgeniy Cheremisin, Erkin Boydullayev, Giorgi Kvesiyeshvili, Alisher Sanoyev, Doniyor Usmonov (Samandar Shodmonov, 39), Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan, Muhsin Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev, Elguja Grigalashvili, Nemanya Yovanovich

“Metallurg”: Javohir Ilyosov, Abbos Otaxonov, Shahzod Shaymanov, Zabihillo O‘rinboyev, Islom Isoqjonov (Muhammad Isayev, 51), Zohid Abdullayev, Jasur Hasanov, Sherzod Fayziyev, Akbar Ismatullayev, Abror Xusinov, Pavel Smolyachenko

Ogohlantirishlar: Giorgi Kvesiyeshvili 59, Elguja Grigalashvili 61, Shahzod Shaymanov 68, Javohir Ilyosov 90+1.

6-may, yakshanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют